Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent davlat agrar universitetidagi o‘zgarishlar mutaxassis nigohida

Toshkent davlat agrar universitetidagi o‘zgarishlar mutaxassis nigohida

Foto:Toshkent davlat agrar universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli qaroriga asosan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali tashkil etildi.

Qarorda respublikamizning barcha mintaqalarida agrar sohadagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, ularni tayyorlashda ortiqcha sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymaslik ham inobatga olingan. Shimoliy mintaqa uchun ToshDAUning Nukus filiali, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari uchun Termiz filiali, vodiy uchun Andijon filiali tashkil etildi.

Respublika hududlari va agrar soha tarmoqlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda 2017-2018-o‘quv yilidan boshlab qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga hududlar bo‘yicha davlat grantlari asosida maqsadli qabul kvotalari ajratildi.

Ilk marotaba qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariga magistratura mutaxassisliklariga to‘liq davlat granti asosida talabalar o‘qishga qabul qilindi. Bu esa o‘z navbatida xududlarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash imkonini beradi.

Universitetda mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida rivojlangan xorijiy tajribalar asosida 29 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 23 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqildi. O‘quv rejalaridagi fanlar soni 42 tadan 36 taga tushirildi, malakaviy amaliyotlar qishloq xo‘jaligining mavsumiyligini hamda barcha agrotexnik tadbirlarni inobatga olgan holda 20 haftadan 30 haftagacha uzaytirildi.

Buyurtmachilarining takliflari asosida 2018-2019 o‘quv yilidan 10 tayangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 6 ta magistratura mutaxassisliklari ochildi, ToshDAU va uning filiallarining 100 dan ortiq kadrlar buyurtmachilari hisoblangan korxona va tashkilotlar ro‘yxati va ularga taqsimlangan talabalar soni hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklarining amaliyot o‘tash ob’yektlari ro‘yxati mazkur qarorning ilovasi bilan tasdiqlandi. Natijada talabalarning nazariy bilimlari amaliyot jarayonida yanada mustahkamlanadigan bo‘ldi. Shuningdek yangidan tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan 5ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma yaratildi.

Foto:Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan xalqaro va davlat grantlari doirasida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlarining kolleksiyalarini yaratish, mevali va manzarali daraxtlarning ko‘chatlarini tayyorlash, fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamda ishlab chiqarish korxonalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha muntazam ravishda maslahatlar, tavsiyalar berib borish maqsadida TDAU va uning filiallarida «Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markaz»lari tashkil etildi.

Buyurtmachilari talaba bilan o‘qishni bitirganidan so‘ng 5 yil ishlab berish majburiyatini belgilovchi shartnoma tuzish orqali uning bazaviy to‘lov kontraktini 2-bosqichda kamida 50 foiz, 3-bosqichda kamida 75 foiz va 4-bosqichda 100 foiz miqdorda to‘lab berishi mumkinligi qayd etildi.Hozirgi kunda universitetda to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan 100 dan ortiq talabalar bilan ish beruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

Toshkent davlat agrar universiteti va uning Andijon, Nukus, Termiz filiallarida 2018-2019 yillar davomida 3 ta o‘quv binosi hamda 2 ta talabalar turar joyini rekonstruksiya qilish, 1 ta o‘quv binosi va 1 ta talabalar turar joyini qurish hamda 37 mlrd. 824 mln.so‘mlik jihozlash ishlari amalga oshirilishi, shundan 37 ta o‘quv laboratoriyasi olib kelinishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jami105 mlrd 359,5 mln.so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunda universitetda 18 ta ixtisosliklar bo‘yicha jami 95 nafar, jumladan, 28 nafar tayanch doktorant, 6 nafar doktorant hamda61 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqotlarini olib borishmoqda.

2018 yilda davlat ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha universitetda jami 1,6 mlrd so‘mlik 31 ta ilmiy loyihalar, jumladan 28 ta amaliy 1,4 mlrd so‘mlik, 1 ta fundamental 60 mln.so‘m va 180,0 mln so‘mlik 3 ta innovatsion loyiha bajarilmoqda.

2016 yilda 7 nafar, 2017 yilda 13 nafar, 2018-yilda 17 nafar professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilaridan o‘zlarining nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Buning natijasida universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 8 foizga oshdi.

Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan «O‘simliklar klinikasi», «In-vitro usulida entomafaglarni ko‘pay-tirish», «Meva-sabzavotlarni yarim avtomatlashtirilgan  innovatsion quritish moslamasi» loyihalari respublikamizda keng miqyosda ishlab chiqarishga tadbiq etilmoqda.

Universitet xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan 50 dan ortiq memorandum va hamkorlik shartnomalarini imzoladi va shu xujjatlarga muvofiq amaliy ishlar boshlab yuborildi.

2018-yilda jami 130 nafar rahbar va pedagog xodimlari malaka oshirish, stajirovka, o‘quv-seminarlarida ishtirok etib kelishdi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasiga «Bir makon-bir yo‘l» dasturi bo‘yicha80 nafar, Rossiya Federatsiyasiga 15 nafar, AQShga 3 nafar,  Janubiy Koreyaga4 nafar, Xindistonga 4 nafar, Germaniyaga 5 nafar, Italiyaga 4 nafar, Indoneziyaga 3 nafar, Vetnamga 2 nafar va MDH davlatlariga 10 nafar tajribali mutaxassislarimiz va iqtidorli yoshlar turli tadbirlarda ishtirok etishdi.

Xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘z malakasini oshirgan  pedagoglarimiz  bilim va ko‘nikmalarini o‘quv jarayonida, ishlab chiqarishda keng joriy etishmoqda.Albatta olimlarimiz va iqtidorli yoshlarimizning chet elga chiqishi kelgusi yil ham uzluksiz davom etadi. Xususan, 2019-yilda 150 nafardan ortiq rahbar va pedagog kadrlarning  xorijiy davlatlarda malaka oshirishi, stajirovkasi va o‘quv- seminarlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.Shuningdek o‘z navbatida   2018-2019-o‘quv yilida 51 nafar yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish, xorijiy mutaxassislar tomonidan 5 nafar professor-o‘qituvchilarga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda 4 ta o‘quv adabiyotini yaratish, 8 nafar talabani magistraturaga, 4 nafaryosh o‘qituvchilarni doktoranturaga o‘qishga yuborish, 12 ta mavzu bo‘yicha vebinar dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishni  rejalashtirganmiz.

Joriy yilning 30-oktyabr kuni universitetimizda Germaniyaning Leybnits-IAMO institutining «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» kafedrasining filiali tashkil etildi. Mazkur kafedrada 3 ta doktorant, 2 ta magistrni o‘qishga qabul qilishni rejalashtirganmiz.Bundan tashqari O‘zbekiston va Rossiya mamlakatlari o‘rtasida o‘tkazilgan ta’lim forumida Toshkent davlat agrar universiteti Rossiya Federatsiyasining yetakchi universitetlari bilan 10 ta shartnoma va memorandumlar imzoladi. Shundan, Astraxan davlat texnika universiteti, Volgograd davlat agrar universiteti hamda Bashkiriston davlat agrar universitetlari bilan «Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish», «O‘simliklarni himoya qilish», «Suv bioresurslari va akvakultura», «Zootexniya (Asalarichilik)» yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish asosida qo‘shma ta’lim dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Shuningdek, forum davomida Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent filialini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Hozirgi kunda universitetda Germaniyaning Vaynshtefan-Triyezdorf universiteti, Polshaning Dombrova-Gurnich Oliy biznes universiteti, Saratov davlat agrar universiteti, Volgograd davlat agrar universiteti, Astraxan davlat texnika universiteti bilan jami 8 ta «Agrar menejment», «Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi», «Iqtisodiyot» magistratura mutaxassislklari hamda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish», «Agrosanoatda iqtisodiyot», «Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi», «Akvakultura va suv bioresurslari», «Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama diplom berish asosida qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan.

Joriy yilda universitetimizda  Germaniyaning Leybnits universiteti (IAMO)ning Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti kafedrasi filiali  tashkil etildi va o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Kelgusida Janubiy Koreyaning Xankyong, Xitoyning Sindzyan, Bolgariyaning Plovdiv, Vetnamning Milliy agrar universitetlari bilan ikki tomonlama diplom berish asosida qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etishni rejalashtirilmoqda.

Botirjon Sulaymonov,

O‘zFA akademigi, ToshDAU rektori

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring