Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vakolat hokimliklarga berildi» — maktablardagi ta’til borasida vazirlik bayonot berdi

«Vakolat hokimliklarga berildi» — maktablardagi ta’til borasida vazirlik bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan», deyiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bayonotida.

Avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bayonot berib, 2023 yil 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishi haqida ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring