Vazirlik maktablarda ayrim fanlarning bekor qilinishi bo‘yicha xabarlarni izohladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayrim fanlarning dars jadvalidan olinishi bo‘yicha xabarlarni izohladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda yangi o‘quv yilidan jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya, tarbiya fanlarining o‘tilmasligi haqida tarqalayotgan xabarlar 2020-yil karantin davrida chiqqan eski xabarlar bo‘lib, bu choralar pandemiya davrida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida joriy etilgan.
Ayni damda ushbu ma’lumotlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilamiz, deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter