Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik Toshkentga qaytgan talabalar sonini ochiqladi

Vazirlik Toshkentga qaytgan talabalar sonini ochiqladi

7-fevraldan ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga qaytishi xabar berilgandi. 

Hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning joylashishi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Bu haqda vazirlik xabar berdi. 

Shuningdek, talabalarga qulaylik yaratish, doimiy yashash hududidan ta’lim muassasalariga istalgan vaqtda yetib kelishlarini muvofiqlashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida jadval asosida tyutorlar jamoasidan iborat 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan.

Bugungi kunga kelib, hududlardan 36 738 nafar talaba Toshkent shahriga yetib kelgan. Ularning 10 032 nafari oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylariga, 18 204 nafari ijara xonadonlariga, 8 502 nafari yaqin qarindoshlarinikiga joylashgan.

Bundan tashqari, talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish sektori tomonidan ijara uy topishga qiynalayotgan talabalar muammolarini bartaraf qilish uchun mahalla raislari va IIB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring