Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xavotirga o‘rin yo‘q» – Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi

«Xavotirga o‘rin yo‘q» – Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari hamda akademik litseylarga qabulning so‘nggi kuni.

2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish jarayonlari 20 iyul kuniga qadar davom etadi.

Hozirda Qoraqalpog‘iston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.

«Ammo xavotirga o‘rin yo‘q. Bu jarayon hukumat tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirilishi kutilmoqda», deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi va bu haqidagi ma’lumot qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring