Yana ikki OTM rahbari bo‘shatildi
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti direktori Eshbolta Qobulov Atamurodovich hamda Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti direktori Abduqahhor G‘aniyev Gadoyevich lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i qabul qilingan.
Avvalroq, Ulug‘bek Botirovich Azizov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rektori lavozimidan va Nusratullo Rajabovich Barakayev Buxoro muhandislik-texnologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilingani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter