Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beeline» O‘zbekiston mehmonlari uchun 4G-rouming xizmatini taqdim etdi

«Beeline» O‘zbekiston mehmonlari uchun 4G-rouming xizmatini taqdim etdi

Foto: «Xabar.uz»

«Beeline» mehmon abonentlar uchun imkoniyatlar kengaytirilishini e’lon qildi. Endi 66 mamlakatdagi 106 operator abonentlari «Unitel» tarmog‘idagi LTE-roumingdan foydalanishlari mumkin. Bugungi kunda «Unitel» O‘zbekistonda sayyohlar uchun LTE-rouming xizmatini taqdim etuvchi yagona operator hisoblanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«To‘rtinchi avlod tarmoqlari mijozlar uchun avval mavjud bo‘lganlardan bir necha baravar yuqori bo‘lgan yangi xizmat sifati va internet tezligini taqdim etdi. 2017-yil boshidan beri faol LTE-foydalanuvchilar soni qariyb 15 barobarga oshdi. Tez orada biz «Unitel» abonentlari uchun horijda LTE-roumingni ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz», - dedi «Unitel»ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring