«Beeline» kompaniyasi roumingdagi mobil internet narxlarini 90 foizga arzonlashtirdi
«Beeline» kompaniyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida roumingdagi mobil internet narxlarini 90 foizdan ortiqqa arzonlashtirdi. Bu haqida kompaniya ma’lumotida xabar qilindi.
— Roumingdagi internet narxining 10 barobar va undan ko‘pga arzonlashgani — ramziy va misli ko‘rilmagan hodisa, — dedi «Unitel» MChJ tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakov. — Bundan buyon abonentlarimiz xorijiy safarlarda rouming uchun hisoblardan qo‘rqmasliklari va o‘z raqamlarini o‘zgartirmasdan internetdan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. Narxlarning keskin pasayishi «Beeline»ning «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» dasturi doirasida amalga oshirilgan birinchi qadamlaridan biri bo‘lib, yilning oxiriga qadar mijozlarimiz uchun yanada qulayliklar yaratish uchun biz mobil internet tezligini bir necha marta oshirishni maqsad qilib qo‘yganmiz.
|
Roumingning tarif doirasi |
1 MB uchun, so‘mdagi eski narx |
1 MB uchun, so‘mdagi yangi narx |
|
Rossiya |
77 590,30 so‘m |
6 315 so‘m |
|
MDH |
81 042,50 so‘m |
6 315 so‘m |
|
Yevropa |
98 303,50 so‘m |
6 315 so‘m |
|
Osiyo |
96 577,40 so‘m |
6 315 so‘m |
|
Osiyo-turizm |
82 768,60 so‘m |
6 315 so‘m |
|
BAA |
73 296,10 so‘m |
6 315 so‘m |
|
Qolgan mamlakatlar |
86 220,80 so‘m |
25 260 so‘m |


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter