AKT vaziri YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi (foto)
Bugun, 20-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov IT-Parkda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi.
19-oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa Ittifoqi vakili bilan uchrashuvida transport, innovatsiya, raqamlashtirish, «yashil» iqtisodiyot, muqobil energetika va suvdan oqilona foydalanish, inklyuziv ta’lim sohalarini birgalikda yanada rivojlantirish masalalari kelishib olingan edi.
IT-Parkda bo‘lib o‘tgan bugungi uchrashuvda avvalo O‘zbekistonda IT-Park tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.
Shundan so‘ng mamlakatda raqamli iqtisodiyotning o‘rnini yanada oshirish, IT sohalarida hamkorlik qilish va Yevropa mamlakatlariga masofaviy xizmatlar ko‘rsatish sohalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan iqtisodiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, mehmonlarga IT-Park faoliyati va u yerda qad rostlagan binolar tanishtirildi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonda bu kabi o‘zgarishlar va IT sohasi qaratilayotgan e’tiborni yuksak baholadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter