Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri shayx Muhammad Abdulaziz Al-Ajlan bilan uchrashdi

AKT vaziri shayx Muhammad Abdulaziz Al-Ajlan bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

2018-yilning 16-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «Ajlan & Bros.» kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) guruhi raisining o‘rinbosari, shayx Muhammad Abdulaziz Al-Ajlan bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

Фото: «Mitc.uz»

Uchrashuvda tomonlar elektron tijorat, elektron to‘lovlar, raqamli savdo platformalari uchun «aqlli tizim» hamda boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun sarmoyaviy hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Saudiyalik tadbirkor «Ajlan & Bros.» kompaniyasi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘zbekistonda katta salohiyat ko‘rayotganini ta’kidladi.

Foto: «Mitc.uz»

Muzokaralar natijasida har ikki tomon 2018-yilning sentyabridan boshlab investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda davom ettirish, hamkorlik yuzasidan tegishli hujjatlarni imzolashga kelishib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring