Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple iPhone 14 va kattalashtirilgan iPhone 14 Plus taqdim etildi (foto)

Apple iPhone 14 va kattalashtirilgan iPhone 14 Plus taqdim etildi (foto)

Foto: Bekdor

7-sentyabr kuni, avval xabar berganimizdek, Apple o‘z qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Bugungi taqdimot Apple Watch va AirPods Prodan boshlandi. Va eng asosiysi — yangi iPhonega navbat yetib keldi.

Apple Watch Series 8

Apple Watch Ultra

AirPods Pro

Birinchi bo‘lib iPhone 14 va 14 Plus tanishtirildi. Mish-mishlar rost bo‘lib chiqdi — kupertinoliklar mini modelidan voz kechishdi. Shunga qaramasdan, xuddi insayderlar aytishganidek, yangi avlod ayfonlari oldingilaridan kam farq qiladi.

Bunda ham Apple A15 protsessori, Face ID tizimi oldingidek. Frontal va asosiy kameralar yangilangan. Endi bu kameralar kam yorug‘likda yanayam sifatliroq surat oladi.

Yangiliklardan biri — Active Mode, bu rejim videotasvir olishda stabilizatsiyani yanada yaxshiroq ta’minlaydi.

iPhone 14 — 6,1 dyuymli, 14 Plus — 6,7 dyuymli displeyga ega. Smartfonlarning Amerika bozori uchun SIM o‘rniga eSIM modifikatsiyasi qo‘llangan.

Internetda yangi ayfonlar yo‘ldoshli aloqani qo‘llashi haqida xabarlar tarqalgandi. Endi ma’lum bo‘lishicha, u faqat favqulodda chaqiruvlar uchun ishlaydi.

Narxlar:

  • iPhone 14 — $799
  • iPhone 14 Plus — $899
  • iPhone 14 Pro — $999
  • iPhone 14 Pro Max — $1099

iPhone 14,  iPhone 14 Pro, iPhone 14 Pro Max — 16-sentyabrdan, iPhone 14 Plus — 7-oktyabrdan sotuvda paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring