Elektrotexnika sanoati korxonalari uchun soliq va bojxona imtiyozlari muddati uzaytiriladi
Eksportni kengaytirish maqsadida xorijiy bozorlarda savdo omborlari tashkil etish, mahsulotlarni sertifikatlash va tashqi bozorlarga chiqarish jarayonlarini yengillashtirish choralari ko‘riladi.
Mikro GESlarni loyihalash va qurish tartibi soddalashtiriladi
Qo‘shimcha suv bosimini hosil qilish uchun kanal, daryo va o‘zanlar konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladi. Suv xo‘jaligi obyektlarida o‘z ehtiyojlari uchun kichik va mikro GESlarni auksionsiz qurish imkoniyati ham yaratiladi.
Energetika sohasida muammolarni hal etishda yangi yondashuvga o‘tiladi
14 ta tumanda 5 ming 695 ta transformator, 6,9 ming kilometr elektr tarmog‘i, 242 kilometr gaz tarmog‘i hamda 404 ta gaz taqsimlash qurilmasi ta’mirtalab ekani aniqlandi. Ularning texnik holatini yaxshilab, “yashil” toifaga o‘tkazish ishlari boshlandi.
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi
Energetika vazirligiga tarmoqda yagona va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish, soha korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tizimli tashkil etish vazifalari yuklatildi.
O‘zbekiston chorvadorlar uyushmasi tashkil etiladi
Yangi tuzilma chorvadorlar manfaatlarini himoya qilish, kooperatsiyani rivojlantirish, naslchilik ishlari, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish hamda tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.
Nogiron bolalar bilan ishlashda «oilabay» tizim yo‘lga qo‘yiladi
Har bir bolaning ehtiyojlari erta bosqichda va kompleks baholanib, unga mos ta’lim muhiti hamda zarur xizmatlar belgilanadi. Yangi baholash mexanizmi 2026-yil 1-oktyabrdan Xorazm va Navoiy viloyatlarida tajriba tariqasida joriy etiladi.
Nukusdagi barcha ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlar markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanadi
Davlatimiz rahbari loyihani amalga oshirishda, eng avvalo, aholi uchun barqaror, xavfsiz va sifatli issiqlik ta’minotini yaratish, qurilish ishlarini belgilangan muddatda va yuqori sifatda bajarish zarurligini ta’kidladi.
Yoqilg‘i-energetika sohasiga oid murojaatlar kamaygani qayd etildi
Prezident suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish va aholiga yetkazib berish grafiklariga qat’iy rioya qilish, ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlarda qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligi ko‘rsatib o‘tdi.
O‘zbekistonning noyob tarixiy merosi Doha, Milan, Venetsiya va Yaponiyada namoyish etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Unda O‘zbekistonning arxeologik merosi va milliy amaliy san’atini dunyoga keng targ‘ib qilish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi.
Prezidentga pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha yangi takliflar taqdim etildi
Jumladan, jamg‘arib boriladigan, xususiy va korporativ pensiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif etildi.

