Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi energetika loyihalari aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi

Kecha, 18:55

Avval talab aniqlanadi, keyin zarur generatsiya va infratuzilma quvvatlari rejalashtiriladi. Yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va texnik yechimlari oldindan tayyor bo‘lgan loyiha shakllantirilib, investor ochiq va raqobatli tanlov asosida aniqlanadi.

Ma’muriy sudlarga murojaat qilishning 4 ta shakli taklif qilindi

Kecha, 16:05

Prezident huzuridagi taqdimotda ma’muriy sudlarga ayrim holatlarda muddatsiz da’vo berish va hokimlik hujjatlaridan shikoyat qilish taklif etildi.

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti dastlabki bosqichda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi

21/09, 17:05

Urganch, Namangan aeroportlarini davlat-xususiy sheriklik asosida, Andijon aeroportini xususiy operatorni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi. Natijada aeroportlarning o‘tkazuvchanligi oshirilib, yo‘lovchilarga xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayadi.

Elektrotexnika sanoati korxonalari uchun soliq va bojxona imtiyozlari muddati uzaytiriladi

10/09, 16:24

Eksportni kengaytirish maqsadida xorijiy bozorlarda savdo omborlari tashkil etish, mahsulotlarni sertifikatlash va tashqi bozorlarga chiqarish jarayonlarini yengillashtirish choralari ko‘riladi.

Mikro GESlarni loyihalash va qurish tartibi soddalashtiriladi

19/08, 18:04

Qo‘shimcha suv bosimini hosil qilish uchun kanal, daryo va o‘zanlar konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladi. Suv xo‘jaligi obyektlarida o‘z ehtiyojlari uchun kichik va mikro GESlarni auksionsiz qurish imkoniyati ham yaratiladi.

Energetika sohasida muammolarni hal etishda yangi yondashuvga o‘tiladi

13/08, 20:49

14 ta tumanda 5 ming 695 ta transformator, 6,9 ming kilometr elektr tarmog‘i, 242 kilometr gaz tarmog‘i hamda 404 ta gaz taqsimlash qurilmasi ta’mirtalab ekani aniqlandi. Ularning texnik holatini yaxshilab, “yashil” toifaga o‘tkazish ishlari boshlandi.

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

06/08, 17:14

Energetika vazirligiga tarmoqda yagona va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish, soha korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tizimli tashkil etish vazifalari yuklatildi.

O‘zbekiston chorvadorlar uyushmasi tashkil etiladi

05/08, 17:17

Yangi tuzilma chorvadorlar manfaatlarini himoya qilish, kooperatsiyani rivojlantirish, naslchilik ishlari, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish hamda tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.

Nogiron bolalar bilan ishlashda «oilabay» tizim yo‘lga qo‘yiladi

03/08, 19:14

Har bir bolaning ehtiyojlari erta bosqichda va kompleks baholanib, unga mos ta’lim muhiti hamda zarur xizmatlar belgilanadi. Yangi baholash mexanizmi 2026-yil 1-oktyabrdan Xorazm va Navoiy viloyatlarida tajriba tariqasida joriy etiladi.

Nukusdagi barcha ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlar markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanadi

28/07, 20:46

Davlatimiz rahbari loyihani amalga oshirishda, eng avvalo, aholi uchun barqaror, xavfsiz va sifatli issiqlik ta’minotini yaratish, qurilish ishlarini belgilangan muddatda va yuqori sifatda bajarish zarurligini ta’kidladi.

Yoqilg‘i-energetika sohasiga oid murojaatlar kamaygani qayd etildi

17/07, 20:05

Prezident suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish va aholiga yetkazib berish grafiklariga qat’iy rioya qilish, ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlarda qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligi ko‘rsatib o‘tdi.

O‘zbekistonning noyob tarixiy merosi Doha, Milan, Venetsiya va Yaponiyada namoyish etiladi

17/07, 17:32

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Unda O‘zbekistonning arxeologik merosi va milliy amaliy san’atini dunyoga keng targ‘ib qilish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi.

Prezidentga pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha yangi takliflar taqdim etildi

14/07, 17:39

Jumladan, jamg‘arib boriladigan, xususiy va korporativ pensiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif etildi.

Yangi tizim orqali talabalarning xorijda o‘qish xarajatlari keskin qisqartiriladi

10/07, 18:24

Hozirgi kunda minglab o‘zbekistonlik talaba Buyuk Britaniyada to‘rt yillik ta’lim dasturlarida tahsil olmoqda. Ularning har biri uchun o‘qish va yashash xarajatlari yiliga 50 ming dollargacha yetadi.

Davlat boshqaruvida yagona raqamli platforma joriy etiladi

07/07, 15:06

2026-yilda ushbu raqamli boshqaruv tizimini Toshkent shahrida, kelgusi yildan esa barcha hududlarda joriy qilish reja qilinmoqda.

Namanganda sun’iy intellekt loyihalari Prezidentga taqdim etildi

23/06, 14:41

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat texnika universitetida tashkil etilgan sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

Sirdaryodagi Media haftalik doirasida «Biz — jurnalistlar» kitobi taqdimoti o‘tkazildi (foto)

20/06, 15:52

Kitobda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1990–1996-yillarda tahsil olgan 54 nafar saboqdoshning ijod namunalari — maqola, she’r, hikoya va suratlari jamlangan.

Joriy yilda muhim minerallar bo‘yicha 12 ta loyiha ishga tushadi

15/06, 17:59

Natijada yuqori soflikdagi selen, tellur va reniy kabi 3 turdagi yangi metall, kukun metallurgiyasi asosida avtodetallar singari 21 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

«Uzbekistan Airways»ni IPO‘ga tayyorlash boshlandi

15/06, 15:03

Prezident milliy aviakompaniyani transformatsiya qilish va IPO‘ga tayyorlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Narkolaboratoriya tashkil etganlik uchun alohida javobgarlik belgilanadi

11/06, 19:53

Shuningdek, 10 dan ortiq xavfli qilmish bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi.

Yana