Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram arafasida. 11 noyabr –  Kasaba uyushmalari kuni (foto, video)

Bayram arafasida. 11 noyabr –  Kasaba uyushmalari kuni (foto, video)

Foto: «Xabar.uz»

2020 yilning 23 noyabrida O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, 11 noyabr –  Kasaba uyushmalari kuni etib belgilandi. Ertaga kasaba uyushmalari xodimlari uchun tarixiy kunga aylangan sananing bir yilligi nishonlanadi.

Kasaba uyushmalari kuni arafasida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi yaxshi bir tadbirga qo‘l urdi. Kasaba uyushmasi tizimida uzoq yillar ishlagan va ayni paytda shu jabhada mehnat qilayotganlar Toshkentdagi Aloqa tarixi muzeyiga taklif qilindi. Ularning mehnatlari e’tirof etilib, Respublika kengashining Tashakkurnomasi, sovg‘alari topshirildi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari ham diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

– O‘tgan yili 11 noyabrni Kasaba uyushmalari kuni etib belgilanishi mamlakatimiz kasaba uyushmalari hayotida eng muhim voqea bo‘ldi, – deydi O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjayev. – Mana bugungi tadbirimizda kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy manfaatlarini ifoda etishda ijtimoiy sheriklikning barcha prinsiplariga amal qilinishini ta’minlanishida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh turli bo‘g‘indagi kasaba uyushmasi tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari qo‘llab-quvvatlandi, hududlarda ham bu ishlar davom ettirilmoqda. E’tiborlisi, «Kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan ish beruvchilar va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti mablag‘lari hisobidan vafot etgan 10 nafar kasaba uyushmalari raislari oilalariga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi xizmati doirasida boshlang‘ich tashkilotlar soni 230 tani tashkil qiladi, ularda kasaba uyushmasi a’zolari soni esa 65 ming nafardan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring