«Beeline» talabalarga doimiy ish o‘rni taklif qiladi
«Beeline» kompaniyasi «Uchinchi avlod-2018» tashqi o‘quv dasturi ishga tushirilgani haqida ma’lum qildi va barcha qiziquvchi talabalarni 20-aprel kuni soat 14:30da «Ground Zero»da dastur namoyishi uchun taklif etdi.
Bu yil «Uchinchi avlod» dasturi doirasida amaliyotchilar uchun kompaniyaning Toshkent, Sharqiy va Janubiy hududiy filiallarida amaliyot o‘tash imkoniyati ochiladi: amaliyot dasturida Toshkent, Namangan va Qarshi shaharlaridan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Dasturning bu yilgi 10-mavsumida eng ko‘p ishtirokchilar qabul qilinadi: jami 27 nafar talaba kompaniyaning qator bo‘limlarida amaliyot o‘tash imkoniyatga ega bo‘lishadi. Bu bo‘limlar:
- tijorat direksiyasi (ommaviy bozorda savdolar direksiyasi, korporativ savdoni rivojlantirish direksiyasi, marketing direksiyasi);
- axborot texnologiyalari direksiyasi;
- texnik direksiyasi;
- administratsiya direksiyasi;
- OOO «BeeLab»;
- digital-texnologiyalar direksiyasi;
- mijozlarga xizmat ko‘rsatish direksiyasi;
- yuridik xizmati;
- savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limi (Namangan sh.);
- tarmoqni rivojlantirish bo‘limi (Qarshi sh.).
So‘rov va rezyumelar yaxshi akademik natijalarga ega bo‘lgan III va IV kurs talabalaridan graduate@beeline.uz elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.
Amaliyot natijalari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohdagi o‘qish bilan kelishtirilgan holda individual ish tartibi, kelajakda esa — «Beeline»da doimiy ish o‘rni taklif qilinadi. «Uchinchi avlod» doirasida amaliyot o‘tash 2018-yilning iyun-avgust oylariga rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter