Raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi qaytarib beriladi
Prezident barcha biznes jarayonlarini hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni to‘liq raqamlashtirib, o‘zaro integratsiya qilish vazifasini qo‘ydi.
O‘tgan yilda maktablar, FHDY, ichki ishlar idoralari va bog‘chalarning ma’lumot bazalari integratsiya qilingani hisobiga 350 milliard so‘m iqtisod qilindi.
Sog‘liqni saqlash, sport, kollej va oliygohlar, madaniyat sohalarining ma’lumotlar bazasini to‘liq ishga tushirish va bir-biriga integratsiya qilish orqali kamida 1 trillion so‘m mablag‘ni iqtisod qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan buyon raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi ITni rivojlantirish uchun vazirlik va hokimliklarga qaytarib berilishi belgilandi.
Ta’kidlanganidek, Raqamli texnologiyalar vazirligining asosiy vazifasi loyihalarni boshida ko‘rib, ma’qullash emas, ularni ishga tushirishga yordam berish va foydalanishga qabul qilish, dasturlarning kelgusida samarali ishlatilishi va natijadorligini nazorat qilib, vazirliklar va hududlarning reytingini yuritish bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter