«BootCamp»da dasturlashni o‘rganing
Kasb tanlashning zamonaviy yo‘llari
Yurtimizda ilm olishga, kasb egallashga qiziqadigan yoshlarning ko‘pligi, lekin oliy ta’lim muassasalariga kirish tanlovining qiyinligi va joyning kamligi, oqibatda o‘qishga kirolmagan yoshlar boshqa imkoniyat topolmay qolishi holati Personal Development Process akademiyasida dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha BootCamp o‘quv dasturini tashkil qilishga turtki bo‘ldi.
Davlat test markazining ma’lumotiga ko‘ra bu yil 675 049 nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan. Umumiy qabul kvotasiga ko‘ra 87 165 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Demak, talaba bo‘lish imkoniyati tahminan 7 ta abituriyentdan 1 tasiga nasib qiladi. Bu degani 587 884 nafar abituriyent bu yil talaba bo‘lolmaydi.
Shuncha ilmga chanqoq yoshlarning aksariyati tushkunlikka tushib qolishi mumkin. Balki, keyingi yilga tayyorlanishni boshlar, balki ishlab kasb-hunar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanar, lekin keyingi qabulga, testgacha oldinda yana 1 yil bor! Shu vaqtdan unumli foydalanish eng muhim masaladir.
Test sinovlarida omadi kelmagan, lekin ilmga chanqoq, o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan, vaqti va pulining qadriga yetadigan yoshlarni dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha tashkil qilingan BootCamp kursimizga taklif etamiz.
BootCamp nima?
BootCamp bu - chuqur va intensiv ta’lim bo‘lib, unda asosiy e’tibor aniq bir yo‘nalishga qaratiladi hamda shu yo‘nalishga aloqador bo‘lmagan boshqa qo‘shimcha narsalarga chalg‘imasdan ilm olishga harakat qilinadi.
Koding (dasturlash)ni o‘rgatish bo‘yicha BootCamp bu - ish beruvchilar yoki ishga tayyorlovchilarning yangi xodimlarga dasturlashni o‘rgatadigan va qobiliyatini shaklantiradigan texnologik ta’lim dasturi hisoblanadi. Koding BootCamplarda dasturlashning eng muhim jihatlariga e’tibor qaratiladi va o‘rganuvchilarga kod yozishni, dasturlash orqali real hayotiy muammolarini hal qila olishni o‘rgatadi. BootCampda o‘quvchilarga real va katta veb loyihalarda ishtirok etish uchun kerakli bo‘lgan bilimlarni qisqa vaqt ichida to‘liq, batafsil o‘rgatish asosiy maqsad hisoblanadi. Natijada, belgilangan muddat ichida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi va ular katta loyihalarda ishtirok etish darajasiga olib chiqiladi.
Dasturlashni o‘rgatish BootCamplari 2011 yildan boshlab paydo bo‘lib rivojlanishni boshlagan. Dasturiy ta’minotni yaratishni tezlashtirish maqsadida kompaniyalar qisqa muddatlarda o‘zlari uchun kadrlar tayyorlashga ehtiyoj sezdi va BootCamplar tashkil qilina boshladi. BootCamplar aniq bir yo‘nalishda konkret masalalarni hal qiladigan mutaxassislarni qisqa muddatda tayyorlay olishi bilan universitetlarga raqobat qiladigan imkoniyatlarga erishdi. Xususan, dasturlashni o‘rganishda bu usul yaxshi natijalar ko‘rsatgan.
2017 yilgi ma’lumotga ko‘ra AQShda 95 ta Coding BootCamp tashkil qilingan. O‘quv kurslar har xil muddatda, 8 haftadan 36 haftagacha davom etgan. Bugungi kunda AQShda BootCamplarda o‘qish narxlari 9000 dan 21000 gacha AQSh dollarida baholanmoqda.
O‘zbekistonda «PDP dasturlash va tillar akademiyasi» ilk bor dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha BootCamp dasturini tashkil qilmoqda.
Nega BootCamp muhim?
Biz texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda yashayapmiz. Vaqt eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Biror mutaxassislikni o‘rganish uchun 4 yil universitetda o‘qish, kontrakt to‘lovini to‘lash talab qilinishi bilan birga asosiy mutaxassislikni egalash uchun zarur bo‘lmagan fanlarni, mavzularni ham o‘rganish vaqtingizni oladi. BootCamp asosida sizga aynan mutaxassis sifatida ishlatadigan, kerakli bo‘lgan mavzular o‘rgatiladi. Chunki, kelgusi mehnat jarayonida sizga o‘z ishingizni yaxshi bilganingiz uchun pul to‘lashadi. Biz sizga taklif qilayotgan ta’lim usulida qisqa vaqtda to‘liq mutaxassisga aylanasiz. Mutaxassislikni egallagandan keyin moliyaviy va mehnat sharoitingizga qarab xohlagan vaqtingizda universitetga o‘qishga kirishingiz mumkin. Dasturlashni o‘rganib keyin oliy ta’limga o‘qishga kirish kontrakt to‘lovi uchun mablag‘ topishning eng optimal yechim bo‘ladi, deb hisoblaymiz.
BootCampda o‘qish uchun nimalar talab qilinadi?
BootCamp guruhlariga 16 yoshdan yuqori bo‘lgan, kamida o‘rta ta’lim ma’lumotiga ega, kompyuterdan foydalanishni biladigan, ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega xohlovchilar qabul qilinadi.
Talabaning o‘zida shaxsiy noutbuk bo‘lishi talab etiladi.
Biz sizga taklif qilayotgan ta’limda veb dasturlash yo‘nalishida to‘liq dasturchi (Full stack developer) bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun avval bir hafta davomida sizda dasturchi uchun talab qilinadigan harakter va minimum bilimlar borligi tekshiriladi. Yani mavzularni sabr bilan o‘rganish, tirishqoqlik, ingliz tilini bilish darajasi (dasturlash tillari, texnologiyalari ingliz tilida ishlagani tufayli, ingliz tilini kamida boshlang‘ich darajada bilish talab etiladi), kompyuterda ishlash qobiliyati o‘rganiladi.
O‘rganiladigan texnologiyalar va tillar
Front-end Development: HTML, CSS, Bootstrap, Sass, JavaScript, jQuery, jQuery plugins, Gulp;
Back-end Development: Java Core, Java OOP, Java Advanced, Node JS texnologiyalari;
Database Development: Oracle, PL SQL Developer, PostGreSql, MongoDb;
Spring texnologiyalari: Java JSP, Java Servlet, Java JDBC, Java JSTL, Spring MVC, Spring JPA, Spring Boot, Spring Security, Spring Web Services;
Automation Testing, Project management va boshqa texnologiyalari: Selenium, Junit, TestNG, XPath, Cucumber, Agile, Scrum, Maven, Git;
English: General English, dasturchilar uchun talab etiladigan ingliz tili saboqlari.
Dam olish
Dasturchilar odatda katta loyihalar ustida jamoa bo‘lib ishlashadi. Jamoaning muvaffaqiyatli ishlashida jamoa a’zolaring ahil va inoq, bir birini yaxshi tushunadigan hamfikr bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. BootCamp o‘quv jarayonlarida aqliy mehnatdan tashqari jismoniy tarbiya, dam olish tadbirlari ham uyushtirib boriladi. Xususan, bo‘sh vaqtlarda bouling, futbol o‘ynash, toqqa sayohatlar tashkil etib boriladi.
Bundan tashqari bo‘lajak dasturchilar Game Developmentdan ham xabardor bo‘lishi maqsadida Playstation yoki shunga o‘xshash jamoaviy konsol o‘yinlar ham uyushtiriladi.
BootCamp o‘quv jarayonida talabalarni ko‘p darslar bilan zeriktirib qo‘ymasalikka va har tomonlama aktiv bo‘lishiga, kuchli motivatsiya-ishtiyoqda ushlab turishga harakat qilinadi.
BootCampda o‘quv jarayoni qanday tashkil etiladi?
Full stack development o‘quv rejasi:
Davomiyligi: 40 hafta;
Guruh sig‘imi: 15 talaba (bir guruhda);
O‘quv tili: O‘zbek tili;
Darslar vaqti: Haftada 5 kun (dushanba-juma), 40 soat. 8 soat (08:00 - 16:00);
BootCampda o‘quv kursining narxi va to‘lov shartlari
Birinchi sinov haftasi uchun 250 000 so‘m. Sinov haftasidan keyin o‘zlashtirib keta olsangiz sizga to‘lov kontrakti beriladi. 40 hafta uchun jami 10 mln so‘m.
Narx qimmat tuyulishi mumkin, lekin, quyidagilar bilan solishtirib ko‘ramiz:
Birinchi misol, universitetda 4 yil davomida 8700000 so‘mdan jami 34800000 so‘m kontrak to‘lab dasturlashni boshlang‘ich darajada o‘rganib chiqasiz.
Ikkinchi misol, qisqartirilgan, yani haftasiga 3 yoki 2 kun 2-3 soatdan dasturlashni o‘rgatadigan o‘quv kurslarining hozirdagi o‘rtacha narxi 1 oyga 500000 so‘m. Lekin, bu kurslarda siz dasturlashning faqat asosiy mavzularini o‘rganasiz.
Uchinchi misol, abituriyentlarni tayyorlaydigan o‘quv markazlarida o‘qish narxi bir yilga o‘quv markazning saviyasi va tajribasiga qarab 1 yilga taxminan 4 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha to‘lov qilinadi. O‘quv kursi sizga universitetga kirish kafolatini bermaydi va siz hech qanday hunar egasi bo‘lmaysiz. Agar o‘qishga kirsangiz ham birinchi misoldagi holatga tushasiz.
BootCamp o‘quv kursida 1 soat dars uchun atiga 6250 so‘m to‘laysiz. 10 oydan so‘ng tayyor dasturchi bo‘lib shakllanasiz. Bu narx Sizga katta summa ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin, lekin Siz bu pulga bir kasbga ega bo‘lasiz. Texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirsangiz bu pulni tez topa olasiz.
Vaqtingiz va naqdingizni qadriga yeting.
O‘quv kurslariga oldindan to‘lov qilinadi. Shartnoma asosida naqd, pul o‘tkazish, bank plastik kartalari orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Natija
BootCamp bitiruvchisi Full stack developer uchun kerakli bo‘lgan barcha bilimlarni o‘rganadi. Mehnat bozorida Full stack developer lavozimlariga da’vo qilishi mumkin. Bundan tashqari, Front-end developer, Back-end developer, Software developer, Java developer, Software engineer, QA automation tester, QA engineer kabi lavozimlarda ham ishlashi mumkin bo‘ladi.
O‘quv markaz tomonidan bitiruvchilarga BootCampni yakunlaganini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Yaxshi o‘zlashtirgan talabalar PDP akademiyasining dasturchilar jamoasiga taklif etiladi yoki xususiy sektor, davlat organlariga tavsiya qilinadi.
Siz bir necha loyihalar va 3 oylik tajriba bilan BootCamp kursini bitirasiz.
BootCamp da o‘qish orqali siz:
• keyingi 2019 yilgi test sinovigacha, aniqrog‘i 10 oy ichida eng zamonaviy va daromadli kasbni egallab bo‘lasiz;
• 4 yil davomida har yili 8 700 000 so‘m to‘lab (2018-2019 yil o‘rtacha narxi) egallaydigan bilim va malakani qisqa muddat va arzon narxda egallash imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
• keyingi yil o‘qishga kirish oldidan siz yaxshi ish haqi to‘lanadigan, mehnat bozorida talab katta bo‘lgan tayyor mutaxassisga aylanasiz. Talabalik davridagi moliyaviy xarajatlaringizni o‘zingiz qoplashingiz bilan birga oilangizga ham yordam berish imkoniga ega bo‘lasiz.
Agar siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz va BootCampda dasturlashni o‘rganib kursni tugatsangiz, siz uchun xorijda o‘qish va ishlash eshiklari ochiladi. Chunki, dasturlash tilini butun dunyoda bir xil tushunishadi.
BootCamp o‘z talabalariga shunday bilim va imkoniyatlarni beradi!
Bizning manzil: Toshkent sh. Mirobod tum. Afrosiyob ko‘ch. 4-uy. «Grand Trade» biznes markazi 3-qavat
Mo‘ljal: «Kosmonavtlar» metro bekati. Turkmaniston elchixonasi ro‘parasida.
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Sayt: http://pdp.uz/
Telefon: + 99897 447 47 41
Telegram: @PdpUzAdmin
Telegram-kanal: @PdpUzAcademy
Feysbuk: fb.me/pdp.uz
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter