Britaniyalik shifokorlar dunyoda birinchi bo‘lib insonga 3D-printerda tayyorlangan ko‘z protezini o‘rnatishdi
Buyuk Britaniya shifokorlari dunyoda birinchi bo‘lib insonga 3D-printerda tayyorlangan ko‘z protezini o‘rnatishdi. 40 yoshli bemor o‘zini yaxshi his qilyapti, deyiladi «Daily Mail» xabarida.
Bemor, londonlik Stiv Verz 20 yoshida o‘ng ko‘zidan ajralib qolgan. Shu o‘tgan yillar mobaynida har yarim yilda almashtirib turiladigan ko‘z protezlaridan foydalanishga majbur edi. Murfildsdagi oftalmologik klinika unga eski protezlari o‘rniga ko‘proq haqiqiy ko‘zga o‘xshab ketadigan 3D-printerda tayyorlangan protezni o‘rnatishni taklif qilishdi.
Yangi protez Stivga ko‘rish qobiliyatini qaytarmagani bilan, ishonch bag‘ishladi. Uning o‘zi eski protezlarini yoqtirmaganini, yangisi esa «fantastik darajada»ligini ta’kidlagan.
Shifokorlarning aytishicha, yangi protez o‘rnatish uchun ko‘z kosasi bir marta skanerlanadi, so‘ngra olingan o‘lchamlar uch o‘lchamli chop etish bilan shug‘ullanuvchi germaniyalik mutaxassislarga yuboriladi.
Hozirgacha bemorlar ko‘z protezlarini o‘rnatish uchun olti haftagacha kutishlariga to‘g‘ri kelardi. Birgina Buyuk Britaniyaning o‘zida taxminan 60 ming nafar kishi ko‘z protezini muntazam almashtirib turishga majbur. 3D-printerda ko‘z protezini yasash muammoga yechim bo‘lishi mumkin, chunki bunday usulda sun’iy ko‘z tayyorlashga atigi ikki soat sarflanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter