Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat idoralarining rasmiy saytlari yagona platformaga o‘tkaziladi

Davlat idoralarining rasmiy saytlari yagona platformaga o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

2025-yil 31-yanvar kuni «Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UZINFOCOM bilan shartnoma tuzib, rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina hukumat portali – gov.uz orqali yo‘lga qo‘yadi. Vazirlik va idoralar hukumat doirasidagi ishlar va tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni chop etishdan oldin bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishishi talab etiladi.

Qayd etilishicha, rasmiy veb-sayt Yagona platformaga o‘tkazilganidan so‘ng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini hamda veb-sayt va undagi ma’lumotlarni saqlab qolgan holda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yo‘naltiriladi yoki ularning faoliyati to‘xtatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring