Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar ma’lum qilindi

Dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar ma’lum qilindi

Foto: Mobiltelefon.ru

iPhone 13 va Samsung Galaxy A12 smartfonlari 2022 yilning birinchi choragida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar bo‘ldi. Bu ma’lumotlarni IDC tahlilchilari keltirmoqda, deb xabar beradi PhoneArena.

Qayd etilishicha, iPhone 13 smartfoni xaridorlar orasida mashhurlik bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rinni Apple flagmanining eng qimmat versiyasi – iPhone 13 Pro Max egalladi. Samsung kompaniyasining ommabop Galaxy A12 smartfoni eng ko‘p sotilgan smartfonlar uchligini yakunlagan.

iPhone 13 Pro va o‘rta toifadagi Galaxy A32 smartfonlari mashhurlik bo‘yicha keyingi o‘rinni egalladi.

Lekin IDC tahlilchilari sotilgan qurilmalarning umumiy sonini, shuningdek, har bir telefonning bozordagi ulushini oshkor qilmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring