Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi birinchi kriptovalyuta kartasi chiqariladi

Dunyodagi birinchi kriptovalyuta kartasi chiqariladi

Foto: «Reuters»

«Nexo» kriptovalyuta kompaniyasi hamda «Mastercard» dunyodagi birinchi kriptovalyuta kartasini chiqaradi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Boshqa kartalardan farqi: bir qarashda limitsiz kredit kartasi kabi ishlaydi, ammo garovga foydalanuvchining kriptoaktivlari qo‘yiladi. Karta egasi o‘z kriptovalyutalari qiymatining 90 foizigacha pullarni sarflashi mumkin.

Ushbu kartalar dastlab Yevropada yashovchilar uchun taqdim etiladi. Bu kartalar bilan dunyodagi «Mastercard» kartalari o‘tadigan qariyb 100 millionta savdo nuqtasida xaridni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring