Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng aniq soat yaratildi

Dunyodagi eng aniq soat yaratildi

Foto: New Scientist

Xronometraji eng aniq soat yaratildi, tadqiqotchilar o‘zlarining oldingi rekordini yangilashdi. Bu maksimal yuqori aniqlikdagi soat 1 soniyaga adashishi uchun 39,15 mlrd yil kerak bo‘ladi.

Qurilma-soat — optik panjarada joylashgan. Unda bir o‘lchamli panjarada qamalgan 40 000 ta stronsiy atomidan foydalaniladi. Soat mutlaq nul (–273,15 °C)dan atigi 1 daraja yuqori ulushga ega haroratni saqlaydi. O‘ziga xos bu soatda «millarning yurishi» — atomdagi elektronlar bir energetik darajadan boshqasiga o‘tishi bilan o‘lchanadi.

Atom soatlarining relyativ (nisbiy) effektlarga sezuvchanligi avvaldan ma’lum edi, ammo hozirgisida bu 1000 baravar yuqori. Yangi soatdan gravitatsiyani eng aniq o‘lchashlarda, shuningdek, umumiy nisbiylik nazariyasini tekshirishda foydalaniladi. Kelajakda esa qora materiyani o‘rganishda, Koinotni tushunishda yordam berishi aytilmoqda.

Tadqiqot tafsilotlari batafsil yoritilgan maqola bilan Arxivda tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring