Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX cho‘lda yashirin mayning fermani aniqladi

DXX cho‘lda yashirin mayning fermani aniqladi

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Romitan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma aniqlandi.

Qayd etilishicha, kompyuter va boshqa texnik qurilmalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MChJ rahbari mazkur tumanning cho‘l hududida joylashgan boshqa bir MChJ binosini hamda mahalliy fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponini ijaraga olgan va ushbu binolarga mayning qurilmalari o‘rnatib, qonunga xilof ravishda yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulangan.

Tekshiruv davomida jami 9 turdagi 456 dona mayning qurilmalari va boshqa butlovchi elektr jihozlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

«O‘zenergoinspeksiya»ning Buxoro viloyat hududiy bo‘limi va Romitan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xulosasiga ko‘ra, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida mayning ferma tomonidan davlatga 2 mlrd. 530 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring