Yerdagi mobil stansiyaga ilk marotaba yo‘ldoshdan kvant signal yo‘llandi
Xitoydagi Janubiy fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari Yerdagi mobil stansiyaga signal yuborishda birinchi marta kvantli kriptogarfiyalash usullaridan foydalanishdi. Bu haqda «Sinxua» xabar berdi.
2016-yilning avgustida fazoga chiqarilgan «Mo-szi» yo‘ldoshi yordamida xitoyliklar kvantli kommunikatsiyalar ustida tadqiqotlar o‘tkazishayotgandi. Ular sinovlarning oxirgi bosqichida Yerdagi mobil (ko‘chma) stansiyaga signal yuborishda ilk marotaba kvantli kriptogarfiyalash usulidan foydalanishga erishishdi.
Kvantli kriptografiyalash bo‘yicha ushbu sinovning yana bir xos jihati shundaki, Yerdagi stansiya nafaqat ko‘chib yuradi, balki o‘lchamlari ham juda kichik. Boshida «Mo-szi» bilan ulanishda Yerda 10 tonnalik stansiya ishlatilgandi, endi esa uning og‘irligi 80 kilogramm atrofida.
Kelgusida kvantli kriptografiya texnologiyasidan yanada yaxshi himoyalangan aloqa kanallarini yaratishda foydalanish ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter