«Facebook» foydalanuvchilar o‘z suratlari haqida xabar topishi uchun yuzni tanish texnologiyasidan foydalanadi

Yaqin kunlarda funksiyadan ko‘plab davlatlarda foydalanish mumkin bo‘ladi.
«Facebook» kompaniyasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shaxsini himoya qiluvchi yangi qurilmani namoyish etdi, deb xabar berdi «ITC.ua».
Ushbu qurilma yuzni tanish texnologiyasi asosida ishlaydi. Uning yordamida foydalanuvchi o‘zining tasviri tushirilgan surat ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilganida xabar topadi. Tizim foydalanuvchi qayd etilmagan suratlar haqida ham ma’lumot yuboradi.
«Facebook» tizimi tomonidan aniqlangan foydalanuvchi ushbu suratda o‘zini qayd etib qo‘yishi, bu haqda kelgan xabarni o‘chirib tashlashi yoki suratdagi o‘zi emasligini belgilashi mumkin. Shuningdek, post muallifiga murojaat qilib suratni o‘chirib tashlashni so‘rashga ham haqli.
Yangi algoritm «shaxsiyatni o‘g‘irlash» kabi salbiy holatlarga qarshi samarali kurashishda yordam beradi.
Agarda kimdir o‘zini boshqa odam deb tanishtirsa va avatariga boshqa kishining suratini joylashtirsa, tizim buni aniqlashi kerak. Bundan tashqari, dasturchilarning qayd etishicha, fotodagi matnli kuzatuvchi sabab ko‘rish qobiliyati past bo‘lganlar u yerdagi odamlar orqali suratga aniqlik kiritishi mumkin.
Yagona cheklov — ushbu funksiya maxfiylik sozlamalari orqali himoyalangan fotosuratlar bilan ishlamaydi. Ya’ni, sozlamalar orqali begona odam tomonidan «qulf osilgan» surati haqida foydalanuvchi hech qanday xabar olmaydi.
Yaqin kunlarda funksiyadan ko‘plab davlatlarda foydalanish mumkin bo‘ladi, faqatgina Kanada va Yevropa Ittifoqidan tashqari. Ularda texnologiya sal keyinroq ishga tushiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter