«Facebook» o‘zining xususiy kriptovalyutasini yaratadi
«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i o‘zining xususiy kriptovalyutasini yaratadi. Bu haqda «Cheddar» portali kompaniyadagi manbasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar beradi «NV.uz».
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqda bu turdagi tegishli texnologiyalarni bir yil oldin o‘rganishni boshlagan. U vaqtda mazkur yo‘nalish bilan birgina xodim shug‘ullangan. Biroq joriy haftada «Facebook» o‘ndan ortiq xodimdan iborat guruhni tashkil etib, ularga blokcheyn, mayning va kriptovalyuta aylanmasini o‘rganishni vazifa qilib topshirgan. Ushbu bo‘limga ijtimoiy tarmoq vitse-prezidenti, «Messenjer» dasturiga javobgar Devid Markus rahbar etib tayinlangan.
Ta’kidlanishicha, yaratilajak kriptovalyuta ijtimoiy tarmoq doirasida elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
«Boshqa ko‘plab kompaniyalar kabi «Facebook» ham blokcheyn texnologiyasining foydali jihatlarini tadqiq etmoqda», — deydi ijtimoiy tarmoq vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter