Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google kino oladi

Google kino oladi

Foto: TudoCelular.com

Google kompaniyasi filmlar va teleshoular suratga olinuvchi yangi bo‘linmasini ishga tushirdi, deb xabar berdi Business Insider.

100 Zeros (Google nomidan olingan — 100 ta noldan iborat raqam) bo‘linmasi Range Media Partners prodyuserlik firmasi bilan hamkorlikda Google moliyalashtirishi mumkin bo‘lgan loyihalarni qidiradi.

Google ushbu loyihasini o‘z texnologiya mahsulotlari va xizmatlari, jumladan, sun’iy intellekt mahsulotlariga jalb etish imkoniyati o‘laroq ko‘rmoqda.

100 Zeros qo‘l urgan ilk loyihalardan biri 2024-yilda suratga olingan «Cuckoo» («Kakku») qo‘rqinchli filmi bo‘ldi. 100 Zeros logotipi filmning boshlang‘ich titrlarida aks etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring