Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google Play» mobil dasturlar do‘konida audiokitoblar bo‘limi paydo bo‘ladi

«Google Play» mobil dasturlar do‘konida audiokitoblar bo‘limi paydo bo‘ladi

«Google»ning audiokitoblar servisi «Amazon» kompaniyasining «Audible» servisiga o‘xshab ketadi.

Foto: «ITC.ua»

«Google Play» mobil dasturlar do‘konida audiokitoblar paydo bo‘lishi haqidagi mish-mishlar rasman tasdiqlandi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Audiokitoblar bo‘limi dunyoning 45 mamlakati uchun ochiq va undagi kitoblar to‘qqiz tilda kiritilgan. Ammo hozirda aynan qaysi davlatlar ushbu xizmatdan foydalanishi mumkinligi keltirilmadi. 

«Google»ning audiokitoblar servisi «Amazon» kompaniyasining «Audible» servisiga o‘xshab ketadi, biroq «Amazon» do‘koni xizmatidan faqatgina paket sifatida foydalanish mumkin. «Google Play» esa kitoblarni bittalab sotib olsa bo‘ladi, bu shubhasiz uning afzalligi hisoblanadi.

Servisdan asosiy «Google Play» sayti orqali ham, «iOS» va «Android» uchun yaratilgan mobil dasturlar orqali ham bevosita foydalanish mumkin. 

«Google Play» audiokitoblarining yana bir o‘ziga xos jihati oldindan kitob parchasini eshitish, shuningdek, «Google Assistant» ovozli yordamchisi orqali to‘liq integratsiyalash mumkinligi. Ta’kidlash kerakki, «Google Assistant» yordamida hozirning o‘zida «Android» smartfonlari va barcha «aqlli» kolonkalardagi audiokitoblarni boshqarish mumkin, biroq faqatgina ingliz tilida. Kelajakda ushbu funksiya «Android Auto» platformasida ham paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring