«Instagram»ga «WhatsApp» orqali kirish mumkin bo‘ladi
«Facebook» kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘idan tashqari, o‘ta ommalashgan «WhatsApp» va «Instagram» servislariga egalik qiladi. Kompaniya ushbu servislarni qisman bog‘lashga qaror qildi, ya’ni «virtual fotogalereya»da messenjerni ikki bosqichli autentifikatsiya vositasi sifatida qo‘llamoqchi.
Shu paytgacha «Instagram» kirish SMS orqali kod yoki «Google Authenticator» kabi ilovalar yordamida himoyalangan edi. Biroq «Facebook» tez orada yangi usul —«WhatsApp orqali kirish»ni taqdim etadi, deb yozmoqda «9to5Mac».
Ushbu yangilik Android va iOS uchun tabiq etilishi ma’lum, biroq qachon — hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter