Internet ishlamagan kunlar uchun abonent to‘lovi qayta hisoblanishi kerak
Joriy yil mart oyida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ishonch telefoniga murojaat kelib tushgan. Unda «O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining aybi bilan internet xizmatlari ko‘rsatilmagan kunlar uchun oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq qayta hisob-kitob qilinmaganligi yuzasidan shikoyat qilingan.
Ushbu murojaat inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilgan va murojaat asosli ekanligi aniqlangan.
«O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan ushbu foydalanuvchiga internet xizmatlari ko‘rsatilmagan kunlar uchun oylik abonent to‘lovi to‘liq qayta hisob-kitob qilib berilgan va muammo yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan 2 nafar mas’ul xodimga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter