Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investitsiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi

Investitsiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi

Illyustrativ foto

«Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-oktyabrgacha investitsiya platformalaridan «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:

  • qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda;
  • venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
  • kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.

Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:

  • rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;
  • vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan bo‘lishi;
  • o‘z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
  • investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring