Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuniga 12 soatlab kompyuterda o‘ynovchi o‘smir 500 ming funt ishladi — onasiga uy sovg‘a qilmoqchi

Kuniga 12 soatlab kompyuterda o‘ynovchi o‘smir 500 ming funt ishladi — onasiga uy sovg‘a qilmoqchi

Foto: «Daily Mail»

Angliyaning Sanberi-Temza shahrida yashovchi 16 yoshli Benji Fish kuniga 12 soatgacha kompyuterda o‘ynaydi. Onasi qarshi emas, qaytanga har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga urinadi.

«Daily Mail» yozishicha, Benji kompyuter o‘yinlariga 15 yoshidan, tizzasidan jarohatlanib, professional sportchi bo‘lishdan umidi uzilganidan so‘ng, qiziqib qolgan. Onasining aytishicha, o‘g‘li ba’zida kuniga 12 soatgacha kompyuterdan ko‘z uzmaydi. O‘g‘liga xalaqit bermaslik uchun, onasi uning o‘qishini masofaviyga ko‘chirib berdi. Biroq, «forma»ni saqlash uchun, o‘smir sport zaliga borishni ham kanda qilmaydi.

Benji kompyuterda shunchaki o‘ynaydi, desangiz, yanglishasiz, u — professional, hozirda «Fortnite»ning dunyodagi eng zo‘r geymerlaridan biri. Bir yil ichida 500 ming funt sterling (666 ming dollar atrofida) ishlab topdi. Yigitchaning aniq maqsadi bor: o‘zini qo‘llab-quvvatlagan, to‘g‘ri tushungan va mehribon onasiga uy sovg‘a qilish uchun pul yig‘yapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring