Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MegaFon Toshkentda ekomonitoring tizimini yaratishga oid loyiha hamkoriga aylanadi

MegaFon Toshkentda ekomonitoring tizimini yaratishga oid loyiha hamkoriga aylanadi

Toshkent, 25 aprel. «INNOSANOAT. Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi.

Foto: «Xabar.uz»

MegaFon Toshkentda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishga hissa qo‘shadi. Bu bugun poytaxt hokimligi tomonidan imzolangan kelishuvda ko‘zda tutilgan. Yaqin vaqt ichida shaharda kompleks ekomonitoring tizimi ishga tushadi.

Tomonlar Toshkentda atmosfera havosi hamda atrof-muhitning boshqa tarkibiy qismlari holatini doimiy nazorat qilishni ta’minlovchi raqamli yechimlarni joriy etishga oid loyihani hamkorlikda ishlab chiqishga kelishishdi.

«Atrof-muhit muhofazasi bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda ustuvor masalalar qatorida turadi. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik rivojlanmoqda, sanoat korxonalari salbiy ta’sirni kamaytirish yo‘llarini izlashmoqda. Zamonaviy raqamli yechimlar bu vazifani osonlashtiradi – ular nafaqat real vaqt rejimida atrof-muhit holatini kuzatish, balki vaziyat yomonlashgan taqdirda tezkor chora ko‘rish imkonini beradi. MegaFon Rossiyaning bir necha hududlarida, shuningdek, sanoat korxonalarida ekologik nazorat tizimlarini joriy qilish bo‘yicha ijobiy tajribaga ega. Biz Toshkent hokimligiga ushbu muhim masalani hal etishda o‘z ishlanmalarimiz va tajribamizni taklif etishdan mamnunmiz», — ta’kidladi MegaFon korporativ va davlat segmentlarini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Emin Antonyan.

«Biz MegaFon bilan hamkorlikda ulkan imkoniyatlarni ko‘ryapmiz. O‘zbekiston raqamlashtirishni taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Misol uchun, 2020 yilda «Raqamli O‘zbekiston-2030» hududlar va tarmoqlarni o‘zgartirish strategiyasi kuchga kirdi. So‘nggi ikki yilda Toshkentda juda katta ishlar qilindi va MegaFon bilan hamkorlik – boshlangan ishning mantiqiy davomidir», — deydi Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Aleksey Xen.

MegaFon’ning Rossiya hududlarida muvaffaqiyatli ishlayotgan yechimlari orasida MegaFon Ekologiya tahliliy platformasi ham bor va u atrof-muhit tarkibiy qismlari – havo va suv sifati baholarini aks ettirib boradi, anomal ko‘rsatkichlarni aniqlaydi va bildirishnomalarni qulay formatda – elektron pochta orqali, push-bildirishnoma yoki SMS orqali yuboradi. Platforma avtomatik rejimda avariya-qutqaruv xizmatlarini havoda xavfli moddalar tarqalishi ehtimolidan xabardor qilishga qodir va ekologik insidentlar va avariya holatlarining oldini olishga yordam beradi.

***

MegaFon – butunrossiya raqamli imkoniyatlar operatori va Rossiyadagi eng yuqori mobil internet tezligi uchun Ookla xalqaro kompaniyasi mukofotining besh karra sohibi. Kompaniya AT va telekommunikatsiyalari yo‘nalishlarini birlashtiradi, mobil va o‘rnatilgan aloqa, mobil va keng polosali internet, raqamli televidenie va OTT videokontent xizmatlari, innovatsion raqamli mahsulot va xizmatlarni taqdim etadi. Rossiyada kompaniya xizmatlaridan 74,4 mln mijoz foydalanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring