Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Microsoft misli ko‘rilmagan DDoS-hujumni qaytardi

Microsoft misli ko‘rilmagan DDoS-hujumni qaytardi

Foto: «Ars Technica»

Dunyodagi eng yirik bulutli servislardan biri — Microsoft Azure misli ko‘rilmagan DDoS-hujumga uchradi.

Bunday kiberhujumning mohiyati shuki, xakerlar nazorati ostidagi juda ko‘plab qurilmalar bir paytning o‘zida resursni so‘rovlar bilan «bombardimon» qilib, uning qurilmalarini ishdan chiqarishga urinadi.

Azure rasmiy blogida xabar berilishicha, xakerlar uyushtirgan «chiqindi» ma’lumotlar oqimi soniyasiga 3,47 terabaytni tashkil etgan. Mutaxassislar bu kabi ulkan hujum internetda birinchi bor kuzatilganini qayd etishdi.

Zararli trafik kamida 10 mamlakatda joylashgan 10 000 dan ortiq qurilmadan jo‘natilgan. Nishon — Azurening Osiyodagi mijozlaridan biri. Hodisa o‘tgan yil noyabrida sodir bo‘lgani va ikki daqiqa davom etgani aytilmoqda.

Shundan so‘ng ham Azure serverlariga ikkita yirik hujum uyushtirildi. Birinchisida trafik cho‘qqisi 3,25 Tbit/soniyani, ikkinchisida 2,54 Tbit/soniyani tashkil etgan. Har ikki hujum muvaffaqiyatli qaytarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring