«Nokia» logotipi ostida besh kamerali smartfon chiqarilishi mumkin
«HMD Global» kompaniyasi ushbu yilda fin brendini yangi kamerafon bilan yana qayta dunyoga keltirmoqchi. Bu haqida «VTech» o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
«HMD Global» smartfon prototipini yaratgani va sinovdan o‘tkazgani ma’lum, ammo uni qachondan ishlab chiqarishi hali aniq emas. Yangi «Nokia»ning taqdirini brendga egalik qiluvchi «Foxconn» korporatsiyasi hal qiladi.
Biroq ekspertlar agar smartfon yaratuvchilari dasturiy ta’minot ustida jiddiy ishlashmasa, besh kamerali qurilma muvaffaqiyat qozona olmasligini ta’kidlashmoqda. Bunday holat 41-megapikselli kameraga ega «Nokia 808 PureView» bilan ham ro‘y bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter