Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamni cho‘miltiradigan kir yuvish mashinasi chiqariladi

Odamni cho‘miltiradigan kir yuvish mashinasi chiqariladi

Illyustrativ foto

Yaponiyadagi Osaka Science kompaniyasi odamni cho‘miltirib qo‘yadigan kir yuvish mashinasi ishlab chiqarmoqchi. Yangi qurilma 2025-yilda sotuvda paydo bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Jocr.jp yozishicha, kir yuvish mashinasida «cho‘milish» 15 daqiqadan ortmaydi. Jarayon uch bosqichli: tozalash, massaj va quritish. Aytilishicha, jarayon ultratovush yordamida bajariladi.

Yaponcha «kir mashina»dan foydalanuvchi o‘z organizmining holati bo‘yicha ma’lumot bilan ekranda tanishishi, qolaversa, tozalanish jarayonida tinchlantiruvchi musiqa tinglashi yoki video tomosha qilishi mumkin ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring