Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OneWeb kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

OneWeb kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Foto: Mitc.uz

Bugun, 7-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov OneWeb kompaniyasining Bozorga kirish bo‘yicha direktori Ivan Zaysevni qabul qildi.

Uchrashuvda, AKT vazirligi vakillari bilan birga, «O‘zbekkosmos» agentligi rahbarlari ham ishtirok etishgan.

OneWeb dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda, kompaniya vakilining bildirishicha, O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan.

2022-yilning 16-may kuni «O‘zbekkosmos» agentligi va kompaniya o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangandi. Memorandumning asosiy maqsadi — O‘zbekiston bozoriga OneWeb sun’iy yo‘ldoshli aloqa kompaniyasini jalb qilish, shuningdek, kompaniyaning geostatsionar bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi xizmatlari bilan bog‘liq bir qator tadbirlar, shu jumladan, tartibga solish masalalarini muhokama qilish va OneWeb sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanish uchun davlatning asosiy ehtiyojlarini aniqlashdan iborat.

Bugungi uchrashuvda ham kompaniya tomonidan hududlar va olis qishloq aholi maskanlarini, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarni OneWeb aloqa sun’iy yo‘ldoshlari orqali yuqori tezlikdagi keng polosali internet bilan ta’minlashni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirib o‘tildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fikrlar almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring