Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek startapi «SEEDSTARS WORLD 2020/21» tanlovining mintaqaviy bosqichiga yo‘l oldi

O‘zbek startapi «SEEDSTARS WORLD 2020/21» tanlovining mintaqaviy bosqichiga yo‘l oldi

«IMAN» startapi rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan eng yirik xalqaro startap tanlovining milliy saralash bosqichining g‘olibi deb topildi. Mazkur loyiha xalqaro musobaqaning mintaqaviy bosqichida ishtirok etadi.

«IMAN» xaridor va investorlarni birlashtiruvchi yagona savdo maydonchadir.

Mintaqaviy bosqich natijalariga ko‘ra, o‘nta startap tanlab olinib, har biriga 50 ming dollar miqdorida summa ajaratilib beriladi hamda tanlovning Grand finalida ishtirok etishga va bosh sovrini — 500 ming dollarni qo‘lga kiritishga imkoniyat beriladi.

Tanlovning mintaqaviy bosqichining oylik investitsion dasturini, startaplarga sarmoyalarni tayyorlashga yordam beradigan qayta ishlangan va moslashtirilgan dasturni o‘z ichiga qamrab oladi.

Tanlovning mintaqaviy bosqichi 2021-yil yanvar oyining oxirida onlayn tarzda ko‘rsatiladi. Tomoshabinlar tanlov g‘olibining har bir chiqishlarini ko‘rishlari va startap jamoalarining tarixlari haqida ko‘proq bilib olishlari mumkin. Chiqishlarning yakunlarida mintaqaviy g‘oliblar va 2021-yil mart oyida o‘tkazilayotgan Grand-final ishtirokchilari aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring