O‘zbekistonda «Nokia» innovatsion kunlari doirasida forum bo‘lib o‘tdi
17 may kuni Xalqaro savdo markazida «O‘zbekistonda «Nokia» innovatsion kunlari» doirasida «Keng polosali ulanish va narsalar interneti» mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Unda xorijlik mutaxassislar, jumladan «Nokia» kompaniyasi xodimlari Serxio Solivera, Massimo Ferretti, Yurgen Shuts, shuningdek O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, innovatsiya vazirligi, aloqa operatorlari va boshqa tashkilotlardan 200 ga yaqin vakil qatnashdi.
Forum davomida mutaxassislar kompaniya tomonidan foydalanuvchilarga yangi dasturlar, yechimlar va texnologiyalarni taqdim etishdi.
Masalan, «Nokia» mutaxassisi Yurgen Shuts keng polosali ulanishda «Wifi Nokia» yechimi mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu yechim abonentlarga internetga yuqori tezlikda, butun oila uchun ishonchli ulanish imkoniyatini beradi, qolaversa xonadon ichida «Wifi» ulanishning notekis taqsimlanishi muammosini hal etadi.
Yana bir yechim «Nokia fast Mile» deb nomlanadi. U qayd etilgan ulanish uchun simsiz muqobil yechim bo‘lib, keng polosali ulanishni yangi chegaralargacha kengaytiradi, shu orqali keng polosali ulanish bo‘yicha foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, forumda «narsalar interneti» tushunchasiga ta’rif berildi va tahlil qilindi. Bu tushuncha internetga ulanishning eng so‘nggi rusumdagi simsiz va simli texnologiyalari, qurilmalar va ma’lumotlarni boshqarishning ko‘p tarmoqli platformasi, ko‘p sonli jismoniy va bulutli qurilmalarni birlashtiruvchi dasturiy boshqarish tarmoqlarini ham o‘z ichiga oladi.
Forum yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter