Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Plug and Play» innovatsion platformasi texnik markazi ochiladi

O‘zbekistonda «Plug and Play» innovatsion platformasi texnik markazi ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-Park Uzbekistan hamda «AloqaVentures» bilan kechgan uchrashuvlardan so‘ng «Plug and Play» O‘zbekiston poytaxtida o‘z vakolatxonasini ishga tushirishi haqida rasman e’lon qildi.

«Plug and Play» – startaplar, korporatsiyalar, universitet va davlat idoralarini birlashtiruvchi yetakchi innovatsion platforma. Kompaniya besh qit’ada 40 dan ortiq manzillarda faoliyat yuritadi, bosh ofisi esa Silikon vodiysida joylashgan.

«Plug and Play» o‘z venchur fondiga ega va buning natijasida Dropbox, Guardant Health, Honey, Lending Club, N26, PayPal va Rappi kabi yuzlab muvaffaqiyatli kompaniyalarga sarmoya kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Hamkorlikning dastlabki bosqichi ushbu yo‘nalishlarni qamrab oladi:

- moliyaviy texnologiyalar
- sug‘urta va korporativ texnologiyalar
- ta’lim

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring