Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yuqori ball bilan o‘qishga kirgan talabalarga Prezident granti beriladi

Eng yuqori ball bilan o‘qishga kirgan talabalarga Prezident granti beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjuman bilan barchani tabriklagani haqida xabar bergandik. Davlat rahbari o‘z nutqi davomida yoshlar uchun Prezident granti ajratilishini ma’lum qildi.

«Kelgusi yilda 100 dan ziyod shahar va tumanlarimizda axborot texnologiyalarini chuqur o‘rgatadigan zamonaviy o‘quv markazlarini tashkil qilamiz. Yoshlarga xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. Yaqin ikki yilda «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 300 ming nafar yoshlar kompyuter dasturlash asoslariga bepul o‘qitiladi.

Keyingi yildan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Agar mavjud Prezident stipendiyasi faqat bir o‘quv yili uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ushbu grant mablag‘lari to‘rt yil davomida to‘lab boriladi.

Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring