Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi obyektlar xavfli elektromagnit nurlarini taratadi?

Qaysi obyektlar xavfli elektromagnit nurlarini taratadi?

Foto: «Pixabay»

Mutaxassislarning aytishlaricha, istalgan elektr asbob o‘zidan nur taratadi. Ammo ular orasida faqat gigiyena me’yorlaridan oshuvchilari inson salomatligi uchun xavflidir.

«Rospotrebnadzor» (Rossiya) Sanitariya nazorati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Andrey Guskov aytishicha, uzoq masofaga katta hajmdagi ma’lumotlarni jo‘natuvchi obyektlar kuchli elektromagnit maydonlarini hosil qiladi.

Bular, birinchi navbatda, radiotexnika obyektlari, masalan, uyali aloqa tayanch stansiyalari. Yo‘ldoshli aloqaning yerda joylashgan stansiyalari, radioreleyli stansiyalar, aeroportlarning havo kengliklarini kuzatuvchi radiolokatsiya qurilmalari ham shular jumlasiga kiradi. Gidrometeorologiya, harbiy va maxsus maqsadlarda ishlatiluvchi radarlar (radiolokatorlar) ham kenglikni skanerlab, elektromagnit maydonlari nurlanishini hosil qiluvchilardir. Radio va televideniye signallariga mo‘ljallangan retranslyatorlar ham shular toifasiga kiradi, ta’kidladi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring