Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli davrda axborot va kommunikatsiya: ochiq va yashirin ta’sirlar (foto)

Raqamli davrda axborot va kommunikatsiya: ochiq va yashirin ta’sirlar (foto)

Foto: «archive.uz»

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida «Raqamli davrda axborot va kommunikatsiya: ochiq va yashirin ta’sirlar» mavzuida xalqaro anjuman o‘tkazildi. Tadbir UNESKOning «Axborot hamma uchun» hukumatlararo dasturi hamda X Xalqaro IT-forum doirasida tashkil etildi.

Anjumanga 40 mamlakatdan 100 ga yaqin qatnashchi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, media, falsafa, siyosat, sotsiologiya, universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari, kutubxonalar, boshqaruv organlari, xussiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlari kabi sohalarning nazariyachi va amaliyotchilari tashrif buyurdi. Xalqaro anjumanda mamlakatimiz nomidan «O‘zarxiv» agentligi vakili Avazbek Turapov qatnashdi.

Tadbir «Kengayib borayotgan raqamli makon», «Ijtimoiy kommunikatsiyalardagi o‘zgarishlar», «Qayoqqa ketyapmiz: kibermakondagi ochiqlikkami yoki saralashgami?», «Raqamli bugun: kutganlarimiz va haqiqat» singari mazulardagi umumiy majlislar tartibida o‘tkazildi. Shuningdek, «Media-axborot savodxonligi» mavzudida mubohasa, «Raqamli davrda madaniyat va tillar» va «Axborotdan foydalanish: huquq va adolat» mavzularida sho‘’ba yig‘ilishlari, «Elektron axborotni saqlash muammolari» bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Delegatlar axborot va kommunikatsiya sohalarida raqamli texnologiyalar tarqalishi bilan bog‘liq muammolar, hodisalar va tendensiyalarni muhokama qilishdi. Bu ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikda yaqqol namoyon bo‘ldi, hozir sezilar-sezilmas namoyon bo‘layotgan o‘zgarishlar esa yaqin kelajakda ijtimoiy-madaniy landshaftga sezilarli ta’sirini o‘tkazishi ehtimoldan xoli emas.

Tadbir doirasida qatnashchilar uchun Xanti-Mantiysk avtonom okrugi — Yugra davlat arxiviga sayohat uyushtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring