Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli TVda profilaktika o‘tkaziladi

Raqamli TVda profilaktika o‘tkaziladi

«RRTM» DUKning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sun’iy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari joriy yilning 1-23 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, navbatdagi rejali profilaktika ishlari 1-23 noyabr kunlari jadval asosida har bir hududda navbatma-navbat tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha teleuzatkichlarda profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu muddat oralig‘ida har bir hududda (Toshkent shahridan tashqari) faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha davlat va nodavlat telekanallarni efirga uzatilishi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring