Rossiya «Viber»ni ham blokladi

Rossiyada dunyodagi eng ommabop messenjerlardan yana biri — «Viber» ham bloklandi. Bu haqda kompaniya o‘zining «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi «NV.ua».
An update to our users in Russia 🇷🇺: pic.twitter.com/k51Nt3f8pZ
— Viber (@Viber) 17 maya 2018 g.
«Biz bu kabi qaror qabul qilinishiga nima sabab bo‘lganini tushuna olmayapmiz. Qaytaramiz: «Viber» foydalanuvchilari messenjerga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulana olmaslidan aziyat chekmoqda», — deb yozadi kompaniya.
Internet resurslarning ishini kuzatib boruvchi «Down Detector» servisining ma’lum qilishicha, «Viber» asosan Rossiyaning Yevropaga yaqin qismida yashovchi aholida ishlamay qolgan. Foydalanuvchilarning deyarli yarmi (45 foiz) ulana olmayotganidan norozi, 33 foizi esa xabar jo‘natish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan, 20 foizi esa ro‘yxatdan o‘ta olmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter