Rubikning kubigi. Amerika olimlari xakerlar hujumiga bardoshli superhimoyalangan kompyuterni yaratadi
Michigan universitetining bir guruh olimlari muhim ma’lumotlarning o‘rnini muntazam ravishda o‘zgartirib turuvchi va shu orqali xakerlar hujumiga bardoshli «Morpheus» kompyuterini yaratadi, deb xabar berdi “NV.ua”.
Michigan universiteti (AQSh) Mudofaa tadqiqot loyihalari agentligidan (DARPA) superhimoyalangan kompyuterni yaratish uchun 3,6 million dollar grant oldi.
Universitetning informatika va muhandislik bo‘yicha professori Todd Ostin ushbu loyihaga rahbarlik qiladi va aynan u hozirda keng tarqalgan kiberxavfsizlikka o‘zgacha yondoshish taklifini bildirgan.
«Biz yechib bo‘lmas boshqotirmani yaratmoqchimiz. Bu xuddi Rubikning kubigiga o‘xshaydi va har safar kiprik qoqquningizda u o‘zgaradi», — deydi Ostin. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Morpheus» muntazam ravishda muhim malumotlarning joyini o‘zgartirib turadi, shu sababli xakerlarda muvaffaqiyatli hujumni amalga oshirish uchun yetarlicha vaqt bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter