Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqand darvoza»da «UZDIGITAL TV»ning ko‘chma sotuv ofisi tashkil etildi

«Samarqand darvoza»da «UZDIGITAL TV»ning ko‘chma sotuv ofisi tashkil etildi

Foto: «UZDIGITAL TV»

«Mening tumanim» loyihasi bo‘yicha poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan «Samarqand darvoza» savdo va ko‘ngilochar markazida aholiga qulaylik yaratish maqsadida «UZDIGITAL TV»ning ko‘chma sotuv ofisi tashkil etildi.

Foto: «UZDIGITAL TV»

Ko‘chma ofisda kompaniya mutaxassislari raqamli televideniyening ustunliklari, taqdim qilinadigan chegirmalar haqida aholiga batafsil ma’lumotlar berishdi. Jumladan, signal sifati va taqdim etilayotgan telekanallar to‘plami haqida shu joyning o‘zida mijozlar uchun taqdimotlar o‘tkazildi.

Foto: «UZDIGITAL TV»

Qurilma xarid qilib, xizmatlarga ulangan foydalanuvchilarga bonus sifatida bir oy davomida telekanallarni bepul ko‘rish ikoniyati taqdim etildi.

«UZDIGITAL TV» – ulaning va tomosha qilib zavqlaning!

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring