Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandning ikki hududida IT-maktablar ochildi

Samarqandning ikki hududida IT-maktablar ochildi

Prezidentning 2020-yil 6-oktyabrdagi «Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.

Unga muvofiq 2021-2023-yillar davomida Respublikaning barcha shahar va tumanlarida jami 205 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish belgilangan.

Samarqand tumanidagi 38-son va Oqdaryo tumanidagi 47-son umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda AKT vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Samarqand va Oqdaryo tumanlari hokimliklari, Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Mazkur maktablar zamon talablari asosida ta’mirlanib, kerakli axborot-kommunikatsiya texnik qurilmalari bilan jihozlandi.

Ularda informatika o‘quv xonalari, robototexnika va IT English o‘qitish sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o‘quvchilariga informatika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring