Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Sodiqov: «Raqamli texnologiyalar jamiyatga chinakam foyda keltiradi»

Shuhrat Sodiqov: «Raqamli texnologiyalar jamiyatga chinakam foyda keltiradi»

«Pravda vostoka» gazetasining 2020-yil 17-martdagi 56-sonida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov bilan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu yo‘nalishda kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan intervyu chop etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga murojaatida AKTni rivojlantirish yaqin yillarda respublikani rivojlantirishning ancha muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidladi. Jamoatchilikka taqdim qilingan keng ko‘lamdagi «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi mamlakat iqtisodiyotini to‘liq o‘zgartirish va uning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov batafsil to‘xtalib o‘tdi.

— Axborot texnologiyalari ishni nafaqat osonlashtirish va tezlashtirishga ko‘maklashadi, balki ishtirokchilar o‘rtasida noyob muhitni va aloqa tizimini shakllantiradi. Bugungi kunda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi IT-munosabat qay darajada?

— 2020 yilda elektron portal va mobil ilovani o‘z ichiga olgan «Elektron parlament» tizimini amaliyotga joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bu fuqarolarni ijtimoiy masalalarga yanada ko‘proq jalb qilish, saylovchilar bilan muloqot o‘rnatish imkonini beradi. Ular xalq deputatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin. O‘z navbatida, bu holat deputatlarning mas’uliyatini yanada oshiradi. So‘rovlar o‘tkazish, muhokamalarda haqiqatdan ham dolzarb va muhim muammolarni ko‘tarishni talab qiladi. Shunga mos ravishda ular faoliyatini baholash samaradorligi oshadi.

Alohida umumta’lim muassasalarida elektron ta’limning informatsion tizimi bo‘yicha yana bir muhim loyiha ishlab chiqilmoqda. U 2020 yil 1 sentyabrdan amaliyotga tatbiq etiladi. Hujjatlarni qog‘ozda yuritish nafaqat ko‘p mablag‘ va vaqtni tejaydi, balki ta’lim sohasida shaffoflikni ham oshiradi. Endi ota-onalar farzandlari qanday o‘qiyotganidan xabardor bo‘lib turadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar istalgan paytda elektron kutubxonadagi darsliklar, videodarslar va boshqa materiallardan foydalanishlari mumkin.

 Zarur infrastrukturani yaratmasdan turib AKTni rivojlantirishning imkoni yo‘q. Vazirlik tomonidan mana shu yo‘nalishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

— Rejaga ko‘ra yaqin ikki yilda ijtimoiy sohadagi 12 mingta ob’yektning yuqori tezlikdagi internetga ulanishi ta’minlanadi (sog‘liq saqlash muassasalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari).

2019-yilda 3433 ta maktab, 1836 ta bolalar bog‘chasi va 1127 ta sog‘liq saqlash ob’yektlariga 4150 kilometrlik optik-tolali liniya o‘tkazish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Joriy yilda esa 95 % tibbiyot muassasalari, 86% maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulanadi. Bundan tashqari shu yili barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 2021-yilda esa barcha ijtimoiy soha ob’yektlari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi.

Toshkentda dasturiy mahsulotlar va informatsion texnologiyalar texnoparki (IT-Park) tashkil qilindi. Rezidentlar uchun jiddiy imtiyozlar yaratilgan. Ular 2028-yilning 1-yanvariga qadar barcha soliqlar va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, shuningdek bir martalik ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilingan bo‘lib. Ayni paytda to‘rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgan 350 mahalliy tashkilotlar IT-Parkning rezidentlari hisoblanadi.

Prezidentimiz Parlamentga murojaatida ta’kidlaganidek, IT-Park o‘z natijasini bermoqda. Uni yanada rivojlantirish maqsadida hududni kengaytirish va infratuzilma ob’yektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. 400 ming kvadrat metrdan kattaroq maydonda IT-akademiya va laboratoriya, kovoring markazi, mobil ilovalar hamda masofaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqish markazi, konferens-zal, mehmonxona va boshqalar bunyod etiladi. Natijada dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mingdan ortiq korxonalar tashkil qilinadi, 14 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

2020-2024-yillarda respublikaning 14 hududida, birinchi navbatda, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shu jumladan Toshkent shahrida al-Xorazmiy nomidagi maktab qoshida IT-Parklar tashkil qilinadi. Ayni paytda ushbu yo‘nalishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Bugungi kunda internet tezligi masalasidagi savol muhim bo‘lib qolmoqda...

— Bu yo‘nalishda vazirlik tomonidan jiddiy ishlarni olib bormoqda. O‘zbekiston internet tezligi oshishi bo‘yicha dunyoda mobil va simli Internet tezligi bo‘yicha Speedtest Global Indexning oylik reytingida 2020-yilning yanvar oyida yaxshi natija ko‘rsatdi. O‘tgan yilning dekabr oyiga qaraganda 4 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatini oshirish orqali aholiga o‘rtacha 10 dan 100 Mbit/sgacha, korxona va tashkilotlarga esa 100 dan 1000 Mbit/sgacha ulanish tezligini taqdim etish bo‘yicha qator choralar ko‘rilish rejalashtirilmoqda.

Shunday qilib, xalqaro kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyati 2.5 baravarga oshiriladi (1200 dan 3 000 Gbit/sgacha). Mahalliy miqyosda viloyat markazlari uchun magistral transport aloqa kanallarining o‘tkazuvchanlik imkoniyati 200 dan 400 Gbit/sgacha, tuman markazlari uchun esa 40 dan 60 Gbit/sgacha oshiriladi.

Respublika bo‘ylab aholi yashash punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash maqsadida 12 ming kilometrlik optik-tolali aloqa liniyalari o‘tkaziladi. Shuningdek, keng polosali simli internetga ulanishni yaxshilash uchun qo‘shimcha 800 mingta port o‘rnatiladi, natijada ularning umumiy soni 2.6 milliontaga yetadi.

Mobil aloqani yaxshilash maqsadida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi ikki yil mobaynida hududlarda to‘rt mingdan ortiq mobil aloqa tarmoqlarining yangi bazaviy stansiyalari o‘rnatiladi. Bunda  asosiy e’tibor olis aholi punktlariga qaratiladi va bu yili keng polosali mobil internet qamrovi 70 dan 85 %gacha ko‘tariladi.

 Bu vazifalarni bajarish uchun IT sohasida malakali kadrlar zarur. Ular yetarlimi?

— Yoshlar o‘rtasida IT-asoslarini keng o‘qitish, ularning ushbu yo‘nalishda ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Vazirlik tomonidan «Besh tashabbus» dasturi doirasida aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishlarini tashkil qilish yo‘nalishida jiddiy ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda respublika bo‘ylab 25 ta raqamli texnologiya o‘quv markazlari tashkil qilingan. Ularning 22 tasi 2019-yilda, 3 ta joriy yilda o‘z faoliyatini boshladi (Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani, Xorazm viloyati Yangibozor va Gurlan tumanlarida). 2020 yilning oxirigacha ularning sonini 80 taga yetkazish mo‘ljallangan.

Axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport va elektron tijorat asoslari o‘qitilgan markazlar allaqachon besh mingdan ortiq tinglovchilarni chiqardi. Muassasalar kompyuter va boshqa zurar texnikalar, Wi-Fi hududlar bilan jihozlangan. 14-30 yoshdagi yoshlarni samarali o‘qitishni ta’minlash maqsadida 19 ta maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.

2019-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabning zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda matematika va xorijiy tillardan muvaffaqiyatli imtihon topshirgan maktabda  680 nafar bola 5-11 sinflarda ta’lim olmoqda. Pedagoglar jamoasi tarkibiga Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Hindistondan kelgan o‘qituvchilar kiritilgan.

2019-yilda Toshkent shahrida «Axborot texnologiyalari», «Muhandislik va kompyuter texnologiyalari», «Iqtisodiyot», «Turizmni boshqarish va biznes-menejment» kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan Amiti universiteti ochildi. Oliy o‘quv yurtiniing professor-o‘qituvchilar tarkibi Hindiston va O‘zbekistonlik mutaxassislardan tashkil topgan.

Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda aholining keng qatlamini dasturlashga masofaviy o‘qitishda qamrab olish, ushbu sohaga zarur kadrlarni tayyorlash imkonini beruvchi «Bir million dasturchi» keng qamrovli loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida www.uzbekcoders.uz portali va udacity.com platformasida o‘zbek tilidagi ta’lim kontenti ishga tushirilgan.

Bugungi kunda butun respublika bo‘ylab maktab, oliy o‘quv yurtlari, o‘quv markazlarida «Bir million dasturchi» dasturi doirasida mashg‘ulotlar tashkil qilinmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020-2021-o‘quv yilida o‘qitishning masofaviy ko‘rinishi joriy qilinadi. 2020-yil 1-avgustgacha masoviy o‘qitish platformasini yaratish vazifasi qo‘yilgan.

Raqamli texnologiyalar jamiyatga mavhum emas, eng avvalo, chinakam foyda keltiradi. Ularning hayotga joriy etilishi ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni shunchaki takomillashtirmaydi, balki tubdan o‘zgartiradi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring