Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUdagi media-markaz ochilishi qanday o‘tdi? (video)

Kecha, 29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mamlakatimizdagi OTMlar orasida yagona bo‘lgan, umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘quv media-markazi ochilgani haqida xabar bergandik.

O‘quv media-markazining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, TATU rektori To‘lqin Teshaboyev, Yaponiya elchisi janob Fujiyama Yoshinori, universitet professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Yuqoridagi videoreportajda tantanali ochilish marosimidan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida oliygoh media-markaziga TV dasturlarni tasvirga olish tizimi, TV yoritkich qurilmalari, virtual studiya, TV yangiliklarni yaratish qurilmalari, videomontaj tizimi, raqamli fotostudiya qurilmalari, audio yozish tizimi, media pavilonni boshqarish qurilmalari o‘rnatilgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring